Anqarada qurollangan ota yetti yoshli o‘g‘lini garovga oldi
Olam
−
22 fevral
3930Turkiya poytaxti Anqarada otasi tomonidan garovga olingan 7 yoshli bola 12 soatdan keyin maxsus operatsiya yordamida qutqarildi. Bu haqda "Star" nashri xabar berdi.
Aniqlanishicha, o‘g‘lini garovga olgan 35 yoshli erkak 2 hafta oldin ajrashgan turmush o‘rtog‘iga bolani berishni xohlamagan. Uning ruhiy muammolari borligi va giyohvandlikdan aziyat chekayotgani aytilgan.
“Voqea manziliga zudlik bilan politsiya maxsus bo‘linmasi, o‘t o‘chirish va tez yordam brigadasi yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ota maxsus kuchlarning urinishlariga 12 soat davomida qarshilik qilganidan so‘ng, bolani qutqarish bo‘yicha maxsus operatsiya tashkil etilgan. Otishmada ota oyog‘idan yaralanib, qurolsizlantirilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Uning o‘g‘liga ruhiy yordam ko‘rsatilayotgani xabar berilmoqda.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Sarvar Xurramov