Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Anqaradagi madaniy tadbirda qatnaşdi

Jamiyat

−

image

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Turkiy davlatlar taşkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari iştirokidagi Anqara sammiti doirasida taşkil etilgan madaniy dasturda qatnaşdi. Bu haqda davlat yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, yetakçilar Anqara şahridagi “Beştepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçgan. Boğda taşkil etilgan turkiy davlatlar pavilonlarida an’anaviy ötovlar va xalq amaliy san’ati namunalari namoyiş etilgan. Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va me’moriy merosi, ilm-fan va ma’rifat sohasidagi yutuqlari, öziga xos an’analari hamda bugungi taraqqiyotini aks ettiradi.

Şuningdek, davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi Örxun bitiklarining nusxasi bilan tanişgan. Bundan taşqari, milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilarning çiqişlari namoyiş etilgan. Şundan söng yetakçilar eman köçatlarini ekkan.

Bunday taşabbuslar tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylaş, avlodlar örtasidagi uzviylikni ta’minlaş, şuningdek, umumiy ma’naviy qadriyatlar va an’analarga ega xalqlar örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşda muhim örin tutişi ta’kidlangan.

Şundan söng yetakçilar “Malazgirt” markaziga taşrif buyurgan. Markaz nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyatga ega bölgan 1071 yil 26 avgustdagi Malazgirt jangiga işora qiladi.

Oliy martabali mehmonlarga çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, şuningdek, TDTga a’zo mamlakatlardan keltirilgan otlar iştirokida epik tomoşa namoyiş etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Anqara şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazgan edi. Şuningdek, Anqaradagi Prezident majmuasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning uçraşuvidan söng ikki mamlakat örtasidagi bitimlarni imzolaş marosimi bölib ötgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing