Andijonda 2,5 kg gashish saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar
1623Andijon shahrida avtomobilida va ijaradagi uyida jami 2,5 kilogramm gashish giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Matiz rusumli avtomobil belgilangan tartibda to‘xtatilib tekshirilganda transport vositasi o‘rindig‘ida 500 grammga yaqin gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Tadbir davomida ushbu shaxsning ijarada yashab kelayotgan xonadonining yotoqxonasi va yuvinish xonasida og‘irligi 2 kilogrammdan ortiq gashish borligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir natijasida jami og‘irligi 2 kilogramm bo‘lgan giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi