Angrendagi YTHda 7 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 7 sentyabr kuni soat 12:20 larda Toshkent viloyati, Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Ushbu YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1981 yildan tug‘ilgan fuqaro A.R. boshqaruvidagi sement tashuvchi Shacman rusumli yuk avtotransporti (Transport vositasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, haydovchi 15 yillik stajga ega) boshqaruvni yo‘qotib, harakat yo‘nalishidagi temiryo‘l kesishmasida to‘xtab turgan ikkita yuk avtomashinasi hamda beshta yengil avtotransport vositalari bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasini sodir etgan. To‘qnashuv vaqtida kelib chiqqan yong‘in, voqea joyiga yetib kelgan maxsus kuch va vositalari yordamida tezkorlik bilan o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 5 kishi turli tan jarohatlari olgan va tibbiyot muassasalariga yotqizilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Bildirilishicha, hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan shart-sharoitlarga huquqiy baho berish maqsadida tegishli davlat organlarining mutaxassislaridan iborat Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Angren

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing