Angrendagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi ko‘p qavatli uyning birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 23:19 da Angren shahridagi Dukent qo‘rg‘oni “Ulug‘bek”  MFYda joylashgan 4 qavatli binolar birining tom qismi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 23:30 da voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.

Yong‘in soat 23:57 da qurshab olinib, soat 00:50 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lgandi va oqibatda 3 yoshli qizaloq vafot etgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11- (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Angren evakuatsiya FVBB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing