Angrendagi maktablar telefondan voz kechishni boshladi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvda o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefondan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishi haqida yozgan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ham belgilab qo‘yilgan hujjatga asosan Angren shahridagi 13 va 17-sonli umumta’lim maktablarida "Telefonsiz maktab" tizimi joriy etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati hamkorligida yig‘ilish o‘tkazilib, telefondan ta’lim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgan va barcha birdek ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda o‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish taqiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

telefonsiz maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar