Angrenda sobiq mansabdorning millionlab mablag‘ni talon-taroj qilgani aniqlandi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021
12539Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbarining talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., “A.S.” MCHJ rahbari X.I., “J.T.” MCHJ rahbari J.A. va boshqalar 2019 yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarning to‘liq bajarilmagani natijasida byudjetdan ajratilgan 638,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi