Angrenda hojatxonadan chaqaloq topilgani rostmi?
Jamiyat
−
18 yanvar 2024 9521 1 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahrida hojatxonadan chaqaloq topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hojatxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topilgani haqidagi videomaterial o‘rganilgan.
"Mazkur material bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borildi. Angrenda joriy yilning bugungi kun holatiga ko‘ra, bunday voqealar qayd etilmagan. Ushbu videomaterial Angren shahri hududi uchun feyk (yolg‘on xabar) bo‘lib, noto‘g‘ri ma’lumot berilgani aniqlandi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Live
Barchasi