Angorda 8 yoshli o‘g‘lini sotayotgan ayol ushlandi
Jamiyat
−
15 fevral 2020 11433 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 8 yashar bolasini sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB ma’lumot berdi.
Joriy yilning 5 fevral kuni Termiz shaharida yashovchi U.M. ismli ayolning qaramog‘idagi voyaga yetmagan o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2.000.000 (ikki million) so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Qo‘lga olish tadbiri bir nechta idora xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan.
Holat yuzasidan, 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi