Anglo-sakslar Yaqin Sharqdagi urush oloviga moy sepmoqda – Lavrov
Olam
−
06 noyabr 2023
11279Anglo-cakson kuchlari Yaqin Sharqni katta urush jariga itarmoqda va G‘arbning bu chizig‘i an’anaviy ravishda terrorizmning kuchayishiga hamda ko‘p millionli qochqinlar oqimiga olib keldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya” xalqaro ko‘rgazma-forumi doirasidagi “Bilim” jamiyati marafonida so‘z ochdi.
"Hozirda biz anglo-sakslar Yaqin Sharqni qanday qilib tom ma’noda katta urush jariga surayotganini ko‘ryapmiz", degan vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Ukraina, Iroq, Liviya va Suriyadagi o‘yinlari ularning maqsadini oshkor etyapti.
“Bunday siyosatning boshqa oqibatlari – terrorizm va ekstremizmning avj olishi, insoniyat taqdirining sinishi, vayron qilingan oilalar, ko‘p millionli qochqinlar oqimi”, deya qo‘shimcha qilgan Lavrov.
Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, AQSH va uning ittifoqchilarining metodlari dunyoning turli mintaqalarida vayronagarchiliklar keltirib chiqarish, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida janjal chiqarish, millatlararo va dinlararo ziddiyatlarni kuchaytirishga urinishlarni o‘z ichiga oladi.
“G‘arb o‘z muammolarini boshqalar hisobiga hal qilishga va boshqalarning resurslaridan foydalanishga odatlangan”, deydi Lavrov.
LiveBarchasi