Angliyalik Jena Farg‘onaga kelin bo‘ldi
Jamiyat
−
28 iyul 2019
9729Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi Fotima O‘ktamova ma’lum qildi.
Xabarda yozilishicha, to‘y Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida katta tantana bilan o‘tkazilgan.
Farg‘onalik Muhayyo opaning o‘g‘li Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishishib, bir birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurishgan.
“Karnay-surnay sadolari, to‘y-tomoshalar bilan Farg‘ona viloyati, Eshonguzar qishlog‘ida yashovchi Muhayyo opa kelin tushirdi. Kelin ham oydekkina, chiroylikkina, ko‘rganlar havas qiladi. Kelinchak yaqindanmas, naq Angliyadan O‘zbekistonga kelin bo‘ldi.
Muhayyo opaning o‘g‘illari Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishishib, bir-birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurishdi.
Jena Angliyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da odob-ahloqli, hayoli, mehribon qiz bo‘lib chiqdi. Uning otasi Maykl va Kristina xonim o‘zbek yigiting oqko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib, qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘lishdi.
Jena yangi kelinchak o‘zbek urf-odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Ko‘cha-hovlilarni supurib, suv sepib, barchayoqni orasta qilib, milliy taomlarni ham tayyorlashni zukkolik bilan o‘rganib oldi. Muhayyo opa angliyalik kelinini Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqiradi”, deb yozadi Fotima O‘ktamova.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Angliyada 25 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan musulmon lord o‘zidan 45 yosh kichik o‘zbek qiziga uylangan edi.
LiveBarchasi