Angliyalik mashhur darvozabon butsasini mixga ilishini e’lon qildi

Sport

image

“Seltik” darvozaboni Jo Xart mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda posbonning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

36 yoshli Xart “Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan tanilgan. Darvozabon “Blekpul”, “Birmingem”, “Torino”, “Vest Xem” klublarida ijara asosida o‘ynagan, keyinchalik “Byornli”, “Tottenxem” kabi klublar sharafini himoya qilgan va 2021 yilda “Seltik”ga o‘tgan. Jo Angliya terma jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazgan.

Xart joriy mavsumda “Seltik” safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushdi. Darvozabon o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, “Seltik” Shotlandiya Premer-ligasida “Reynjers”dan ikki ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinni 25 fevral kuni “Moteruell” bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Seltik Jo Xart

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing