Angliyada yilning eng yaxshi futbochilari aniqlandi

Sport

image

Erling Xoland jurnalistlar talqiniga ko‘ra Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Manchester Siti” forvardi 82% ovoz to‘pladi va raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirdi. Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi saytida Xoland 72 foiz ovozga ega ekanligi ko‘rsatilgan edi, keyin esa bu ma’lumotga tuzatish kiritildi.

“Arsenal” vingeri Bukayo Saka ikkinchi, “kanonirlar” yarim himoyachisi Martin Edegor uchinchi, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne to‘rtinchi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford beshinchi o‘rinni egalladi.

Xoland APL birinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U “Man Siti” safida barcha musobaqalarda 47 o‘yinda maydonga tushib, 51 gol va 8 golga mualliflik qildi.

Angliyada mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi sovrini “Chelsi” hujumchisi Sem Kerrga topshirildi. U ketma-ket ikkinchi marta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Xoland va Kerrga mukofotlar 25 may kuni tantanali marosimda topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Erling Xoland “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing