Angliyada kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 27 avgust kuni Angliyaning Limington shaxrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida shaxar sanoat ob’ektida katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yaqin atrofda yashaydigan aholi o‘z uylarini tark etgan, qolganlariga derazalarni yopib, voqea joyidan uzoqroq turish tavsiya qilinmoqda.

“Uorikshir o‘t o‘chirish xizmati Limington hududidagi binoda yong‘in bilan kurashmoqda. Mahalliy aholiga eshik va derazalarni yopiq holda saqlash hamda voqea joyiga 100 metrgacha yaqinlashmaslik maslahat berilmoqda”, deyiladi Uorikshir politsiyasi bayonotida.


Ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga guvoh bo‘lganlar tomonidan olingan videolavhalarda qora tutun osmonni qoplaganini ko‘rish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 avgust kuni Қозоғистоннинг Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda va Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi aeroport yaqinida portlash sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing