Angliya va Argentina bahsi yuqori xavf toifasiga kiritildi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionatining Angliya va Argentina o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi “yuqori xavfli o‘yin” maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda AQSH Federal qidiruv byurosi (FBI) ma’lumotlariga tayanib, “Daily Mirror” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, huquq-tartibot idoralari ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy raqobat futbol maydonidan tashqarida ham keskinlik keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

Ta’kidlanishicha, Angliya va Argentina o‘rtasidagi ziddiyatga Janubiy Atlantikadagi Folklend (Argentinada – Malvinas) orollari bo‘yicha hududiy bahs ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, 1982 yilda ushbu orollar uchun ikki davlat o‘rtasida harbiy mojaro yuz bergan edi.

Shu munosabat bilan yarim final bo‘lib o‘tadigan Atlanta shahrida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etadi. Patrul xizmati stadion atrofi, muxlislar yig‘iladigan hududlar hamda har ikki terma jamoa joylashgan mehmonxonalarni alohida nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. Angliya esa Holand boshchiligidagi Norvegiya terma jamoasini mag‘lub etib, yarim final bosqichiga yetib keldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing