Angliya terma jamoasi hujumchisi hibsga olindi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ivan Toni Londondagi bar homiysiga bosh bilan zarba berganlikda gumonlanib, politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jabrlanuvchi Selfiga tushish uchun Tonining bo‘ynidan ushlab olgan, shundan so‘ng 29 yoshli futbolchi unga bosh bilan zarba bergan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchining burnidan qon keta boshlagan. U yuzidagi jarohatlar, jumladan, burni va barmog‘i singani uchun davolangan.

“29 yoshli gumonlanuvchi voqea joyida ikki marta hujum qilish va bitta tartibni buzishda gumon qilinib, qo‘lga olindi. U garov evaziga qo‘yib yuborildi, tergov davom etmoqda",  deyiladi London politsiyasi bayonotida.

Toni Angliya terma jamoasiga oxirgi marta shu yilning iyun oyida chaqirilgan. Joriy mavsumda u “Al-Ahli” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuridik sabablarga ko‘ra ismi oshkor qilinmagan Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq Premer-liga futbolchisi joriy yilning 30 noyabr kuni kechqurun Londonning Stansted aeroportida parvozga chiqishga urinayotganda Chegara qo‘shinlari tomonidan hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya hibsga olindi Ivan Toni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing