Angliya Niderlandiya ustidan g‘alaba qozonib, Yevro-2024'ning ikkinchi finalchisiga aylandi

Sport

image

Angliya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida Niderlandiya ustidan g‘alabaga erishdi.

Raqiblar Dortmund Arenada to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Dastlab Niderlandiya kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib oldi. Xavi Simons yettinchi daqiqada Deklan Raysdan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Harri Keynning golidan keyin inglizlar hisobni tenglashtirdi. Jamoa sardori 18-daqiqada penaltini golga aylantirdi va Yevropa chempionati pley-off bosqichidagi oltinchi golini kiritdi. Olli Uotkinsning goli Angliyaga g‘alaba keltirdi. Zaxiradan maydonga tushgan forvard ikkinchi bo‘limda Koul Palmerning uzatmasidan so‘ng gol urdi. 

Angliya terma jamoasi Yevro-2024 finaliga chiqdi va u yerda Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15 iyulga o‘tar kechasi yarim tunda boshlanadi. Niderlandiyaliklar, xuddi fransuzlar singari, bronza medallariga ega bo‘ladi, chunki uchinchi o‘rin uchun o‘yin turnir reglamentida ko‘zda tutilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made