Angliya mezbonlarni mundialdan chiqarib yubordi
Sport
−
06 iyul 7730 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul kuni Angliya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida mezbon Meksikani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Natijada inglizlar chorak finalga yo‘l oldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchrashuv bir soat kechroq boshlandi. Uchrashuvda Angliya safida Jud Bellingem 36 va 38-daqiqalarda dubl qayd etdi. Yana bir golni Harri Keyn 60-daqiqada penaltidan urdi. Meksika tarkibida Xulian Kinones 42-daqiqada, Raul Ximenes esa 69-daqiqada penaltidan gol kiritdi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida Angliya himoyachisi Jarrell Kuansa qoidabuzarligi uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, Meksika 2026 yilgi Jahon chempionatini tark etgan ikkinchi mezbon jamoaga aylandi. Bundan avval Kanada 1/8 finalda Marokashga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi. Uchinchi mezbon — AQSH esa ertaga, 7 iyul kuni 1/8 final doirasida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul