Angliya qo‘shimcha vaqtda Norvegiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Sport

image

Bugun, 2026 yilgi Jahon chempionatining chorak final bahsida Angliya milliy terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni 36-daqiqada norvegiyalik Andreas Shelderup ochdi. Biroq birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Jud Bellingem hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. G‘olib jamoa qo‘shimcha vaqtda aniqlanadigan bo‘ldi. Bellingem 93-daqiqada o‘zining ikkinchi golini kiritib, Angliyaga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi.

Endi Angliya yarim finalda Argentina – Shveysariya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs bugun, 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ushbu terma jamoalar ishtirokidagi yarim final uchrashuvi joriy yilning 15 iyul kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing