Angelasiz hukumat: Germaniyada saylovga “start” berildi

Olam

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Germaniyada Bundestag – parlament saylovlari boshlandi. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan kechki soat 18:00 gacha davom etadi

Saylovning dastlabki rasmiy natijalarini Germaniya Markaziy saylov komissiyasi ertaga, 27 sentyabrga o‘tar kechasi e’lon qiladi.

Bundestagga saylovlar har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Saylovdan keyin yangi parlament kanslerni tanlaydi. Bu yilgi saylovdan so‘ng, 16 yil Germaniya kansleri bo‘lgan Angela Merkel o‘z lavozimini tark etadi. U 2018 yilda 2021 yilgi saylovdan so‘ng, siyosatdan ketishini e’lon qilgan.

Angelaning lavozimi uchun uch nafar nomzod kurashmoqda. Bular: Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati rahbari va Xristian demokratik va Xristian sotsial ittifoqi (XDI / XSI) bloki nomzodi Armin Lashet, Sotsial-demokratik partiyasidan nomzod – vitse-kansler va Germaniya moliya vaziri Olaf Shols, shuningdek, Yashillar partiyasi hamraisi Annelena Berbok.


Bundestag saylovlarida qatnashish uchun 53 ta partiya ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq, ularning faqat ayrimlari rial imkoniyatga ega. Bular: Xristian demokratik va Xristian sotsial ittifoqi bloki, Yashillar, Erkin Demokratik Partiya hamda Germaniya uchun alternativa va Chap partiya.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing