Angela Merkelning idorasi darvozasiga to‘q rangli avtomobil kelib urildi

Olam

image

Bugun, 25 noyabr kuni ertalab Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkelning idorasi darvozasiga to‘q rangdagi avtomobil kelib urildi. Bu haqda “Bild” nashri voqeaga guvoh bo‘lganlarga tayanib xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, avtomobilning bir tomonida oq rangda “Siz bolalar va qariyalarning la’nati qotilisiz”, ikkinchi tomonida esa “Globallashuv siyosatini to‘xtating”, deb yozilgan bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, ko‘p o‘tmay, voqea joyiga tez yordam mashinasi yetib kelgan. Uning nima uchun kelgani ochiqlanmagan, jarohatlanganlar haqida ma’lumot  yo‘q. 

Ta’kidlanganidek, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, avtomobil haydovchisi hibsga olingan.

Nashr, shuningdek, Merkelning bugun, 25 noyabr kuni federal yerlarning Bosh vazirlari bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazganiga aniqlik kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

ANGELA MERKEL

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing