Germaniya kansleri idorasiga urilgan avtomobil egasi hibsdan ozod etildi
Olam
−
27 noyabr 2020
3093Avvalroq, 25 noyabr kuni Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkelning idorasi darvozasiga to‘q rangdagi avtomobil kelib urilgani haqida xabar bergandik.
Avtomobilning bir tomonida oq rangda “Siz bolalar va qariyalarning la’nati qotilisiz”, ikkinchi tomonida esa “Globallashuv siyosatini to‘xtating”, deb yozilgan bo‘lgan.
Shundan so‘ng, avtomobil haydovchisi hibsga olingandi.
Kecha, 26 noyabr kuni Germaniya politsiyasi avtomobil egasi bo‘lgan 56 yoshli erkakni hibsdan ozod qildi.
Politsiya erkakni hibsda ushlab turish yoki ruhiy kasalliklar klinikasiga jo‘natish uchun hech qanday asos mavjud emasligini ma’lum qilgan. Erkakka qarshi tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, xuddi shu erkak xuddi shu mashinada 2014 yilning fevral oyida ham Angela Merkelning ofisi darvozasiga urilgan. O‘shanda mashinaga nemis tilida "Odamlarni o‘ldirayotgan iqlim o‘zgarishiga yo‘q" va "Nikol, men seni sevaman", degan yozuv bo‘lgan.
LiveBarchasi