Angela Merkel Shavkat Mirziyoyevga salom yo‘lladi

Olam

image

Joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekistonning Berlin shahridagi Elchisi Nabijon Qosimov Germaniya Federal kansleri Angela Merkel taklifiga binoan GFRda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari uchun “Mezeberg” hukumat qarorgohida o‘tkazilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi.

Qabul chog‘ida Kansler Angela Merkel bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tib, u yarim yil ichida amalga oshirilgan ikkita oliy darajadagi tashrif – Prezident Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyidagi Germaniyaga va Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning may oyidagi O‘zbekistonga tashriflari yakunlaridan mamnunligini bildirdi. Kansler tashrif yakunlariga o‘ta muvaffaqiyatli va sermahsul deb baho berdi.

Germaniya Hukumati rahbarining fikricha, oliy darajadagi mazkur tashriflar, shubhasiz, ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi ishonchli munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning faollashuviga xizmat qiladi.

Kansler Angela Merkel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ehtirom va eng ezgu tilaklarini ham yetkazib qo‘yishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya Shavkat Mirziyoev Angela Merkel'

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing