O‘zbekistonda qurilish sohasini modernizatsiyalash strategiyasi loyihasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalarining ishlashi 2025 yilga kelib butun respublika bo‘yicha 100 foizgacha qamrab olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.

Farmon loyihasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

•    qo‘shimcha kichik tizimlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish yo‘li bilan qurilish sohasini raqamlashtirish;

•    shaharsozlik sohasidagi normativ bazani modernizatsiyalash va xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish;

•    aholi punktlarini kompleks rivojlantirish tizimini takomillashtirish;

•    qurilish sohasida ayrim ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish yo‘li bilan “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxshilash;

•    uy-joy ko‘chmas mulki qurilishida ulush kiritish asosida uy-joylarni qurish uchun aholi mablag‘larini keng jalb qilish orqaliipoteka krediti bozorini va ko‘p kvartirali uylar qurilishini rivojlantirish;

•    qurilish materiallarini ishlab chiqishga va ob’ektlar qurilishiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;

•    investitsiya loyihalari ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarga bosqichma-bosqich o‘tish;

•    institutsional asosning liberallashtirilishini hisobga olgan holda litsenziyalash prinsiplarini takomillashtirish, loyiha va pudrat ishlari potensialini kuchaytirish;

•    loyihaning smeta qismida davlat ekspertizasini bekor qilish yo‘li bilan ekspertiza ishlari tizimini takomillashtirish;

•    davlat, mualliflik va texnik nazoratni nodavlat sektorga yo‘naltirish orqali qurilish sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish;

•    aksiyalar paketini ilg‘or xorijiy investorlarga realizatsiya qilish orqali ilg‘or xorijiy kompaniyalari ishtirokida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil qilish;

•    o‘qitishning zamonaviy va innovatsion usullari qo‘llanishini hisobga olgan holda qurilish yo‘nalishidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish;

•    loyihalarni moliyalashtirishning davlat manbalari va ularga tenglashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirishda, davlat segmentlarining liberallashtirilganini hisobga olgan holda, nodavlat buyurtmachilar institutini shakllantirish va mustahkamlash;

•    o‘tkazilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish oriali qurilish va arxitektura sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish;

•    qurilish ob’ektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga bo‘lgan talablarni kuchaytirish;

•    inson kapitalini rivojlantirish, qurilish organlari va muassasalari faoliyatini moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, ishchilarni ijtimoiy va moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi:

•    “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalarining ishlashi 2025 yilga kelib butun respublika bo‘yicha 100 foizgacha qamrab olinishiga erishish;

•    O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda shaharsozlik sohasida Yevrokodlar moslashuvi ulushini 2025 yilga kelib 50 foizgacha oshirish;

•    Davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi ob’ektlari bo‘yicha ma’lumotlarni, geoportal funksiyalari kengayishini hisobga olgan holda, ochiq foydalanish uchun e’lon qilinishi ulushini 2025 yilga kelib 70 foizgacha yetkazish;

•    “Biznes yuritish” (Doing Business Index) xalqaro indeksining “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasining 2025 yilga kelib joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;

•    ilg‘or xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda 2025 yilgacha 15 ta zamonaviy loyiha-qidiruv institutlarini tashkil qilish;

•    2025 yilga kelib buyurtmachi funksiyalarinibajaruvchi nodavlat tashkilotlar ulushini Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar umumiy sonining kamida 25 foiziga yetkazish;

•    2025 yilga kelib “hajmli metod”ni joriy etish ulushini respublikadagi qurilish ob’ektlari umumiy sonining 25 foizigacha yetkazish;


Maqola muallifi

Teglar

qurilish strategiya

Baholaganlar

30

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing