Andijon hokimi MMA jangchilariga Spark sovg‘a qildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
6900Bugun, 6 noyabr kuni Andijondagi olimpiya zahiralari maktab-internatida “Besh tashabbus bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov MMA jangchilarini mukofotladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, Toshkentda ilk bor tashkil etilgan MMA (aralash jang) bo‘yicha GFC 20 turnirida g‘alaba qozongan andijonlik – Nursulton Ro‘ziboyev, Avliyoxon Hamidov va Axliddin Mirzadavlatovga Spark avtomobillari kalitini topshirdi.
Bundan tashqari, viloyat hokimi Nursulton Ro‘ziboyevga sport anjomlari uchun yuz million so‘m naqd pul ko‘rinishidagi sertifikatni ham sovg‘a qilgan.