Andrea Pirlo “Yuventus” bosh murabbiyligidan ketdi
Sport
−
28 may 2021
2651Andrea Pirlo Italiyaning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod qilindi. 42 yoshli murabbiy o‘tgan yozda Mauritsio Sarrining o‘rniga jamoaga kelgandi.
Andrea Pirlo boshchiligida “Yuventus” 52 ta o‘yin o‘tkazdi. Shulardan 34 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 10 ta o‘yinda durang va 8 tasida mag‘lubiyat qayd etilgan. “Yuve” bu mavsumda Italiya kubogi va superkubokni qo‘lga kiritdi.
Hozirda Pirlo o‘rniga Massimiliano Allegri kelishi kutilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Allegri “Yuventus”ni 2014-19 yillarda boshqargan, Uning davrida “Yuventus” ketma-ket beshta chempionlikni qo‘lga kiritgan va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqqan. Hozirda Allegrining hech qaysi klub bilan shartnomasi yo‘q.
Avvalroq, Zinedin Zidan "Real"dan ketgani haqida xabar bergan edik. Hozirda jamoa murabbiylikka nomzodlarni ko‘rib chiqyapti va tez orada Zidanning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ladi.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi