Andijondagi yog‘ sexidan 1,6 mlrd so‘mlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Jamiyat

image

Andijon viloyatidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 mlrd so‘mlik istemolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi Izboskan tuman bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.S.”, “A.I.”, “A.V.” va “A.l.” MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, “Qo‘g‘ay” MFY hududidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 mlrd so‘mlik 65 turdagi jami 74 577 dona alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 1 052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 268 dona alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsiz ekani, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “A-sh.”, “B.G.” hamda “Z.V.” MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 060 dona alkogol mahsulotining QR-kod markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing