Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomi beriladi

Madaniyat-san’at

image

Ayni paytda Andijon viloyatida bo‘lib  turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomini abadiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev marhum san’atkorni barcha alohida hurmat bilan esga olishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Sherali Jo‘rayev nomi beriladigan Andijondagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Qo‘shimcha ravishda, yangi o‘quv va turar joy binosi, zarur infratuzilma ob’ektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Jo‘rayev byusti o‘rnatiladi.

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning 4 sentyabr kuni kechki payt O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 77 yoshida vafot etgani e’lon qilingan, Marhum Shayx Zayniddin qabristoniga dafn etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Andijon Sherali Jo'raev san'at maktabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing