Andijondagi paxta xirmonida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi paxta tayyorlash punktlarining birida xirmonga uyilgan paxtalar yonib ketgani haqida xabarlar taqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu favqulodda holat 16 oktyabr kuni, Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli paxta qabul qilish maskanida sodir bo‘lgan. 

Yong‘in oqibatida Andijon-36 navli 1 sort 2 sinfga kiruvchi paxtaning faqatgina yuza qismi yonib, uning 12 kilogrammiga zarar yetgan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, ushbu mablag‘lar “Tetratex” MCHJ rahbari tomonidan tadbirkorga to‘liq to‘lab berilgan.

Xabarda keltirilishicha, yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan paxta saqlash punktida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida 1 dona 200 tonnalik paxta buntida 500 kilogramm paxta yonib zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in paxta Andijon paxta xirmoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing