Andijondagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
14:43 372 1 daqiqa
Kecha, 6 sentyabr kuni Andijon shahridagi 7 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 18:30 da Andijon shahri “Bunyodkor” MFY hududidagi 7 qavatli uyning 5-qavatida joylashgan xonadonda yuzaga kelgan. Bu haqdagi xabar 112 tizimi orqali FVBga kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga 18:34 da yetib borgan. Yong‘in 18:50 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida xonadonning uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Shuningdek, xonadonning 50 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi