Andijondagi kanalga neft oqib ketdi (video)
Jamiyat
−
29 iyul 2025 6618 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Raish” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi kanalda qop-qora neft oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilmoqda. Xususan, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ neftni qayta ishlashi oqibatida yuzaga kelgan avariya holati aniqlangan. Hozirda vaziyat to‘liq bartaraf etilgan. Holat bo‘yicha “Sanoat energetika guruhi” MCHJga nisbatan tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, tekshirish yakunlanishi bilan tabiatga yetkazilgan zarar va ta’sir choralari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanining “Uchsoy” OFY hududida joylashgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025