Andijondagi “dom”da portlash bo‘ldi. Jabrlanganlar bor (video)

3-sahifa

image

Kecha, 11 fevral kuni Andijon viloyatining Andijon shahridagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarining birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 23:55 da 112 tizimi orqali shaharning “Nodirabegim” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarining birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan viloyat FVB rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Chaqnashdan so‘ng yong‘in kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan. Chaqnash oqibatida 2 fuqaro tan jarohati olgan.

Xabarlarga ko‘ra, portlash joyiga FVB mas’ullaridan tashqari viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham yetib borgan va vaziyatni ko‘zdan kechirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi “Tinchlik” MFYda ikki qavatli binoda portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Nodirabegim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing