Andijondagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
18 Noyabr 2020 11216 1 daqiqa
Kecha, 17 noyabr kuni Andijon viloyatidagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘in soat 21:34 da viloyatning Andijon tumanidagi dehqon bozorida sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasining 9 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari 3 daqiqada yetib kelishgan.
Soat 22:00 da yong‘in qurshab olinib, soat 22:12da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta do‘konlarga zarar yetgan.
Vaziyat natijasida jaroxatlanganlar va qurbonlar yo‘q. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli bir necha yuz kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr