Andijonda Janubiy Farg‘ona kanali yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi (video)
3-sahifa
−
08 may 22882 1 daqiqa
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Sarvontepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, suv sizib chiqqani haqida ma’lumot olinishi bilan viloyat Norin Qoradaryo irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda zarur kuch va vositalar hodisani bartaraf etish uchun jalb etilgani ma’lum qilindi.
Live
Barchasi