Andijonda yo‘l o‘pirilib tushdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tamoqlarda Andijon viloyatining Andijon shahridagi avtomobil yo‘llarining biri o‘pirilib tushgani va u yerda katta o‘ra hosil bo‘lgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan “Andijon suv ta’minoti” ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, oqova suv tarmog‘i bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, Andijon shahridagi Farobiy nomli MFYda markaziy oqova suv tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelganligi haqida murojaat e’lon qilingan.

Hozirda “Andijon suv ta’minoti” AJ tomonidan holatni o‘rganish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi atrofidagi yangi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman o‘pirilib tushgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon suv ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar