Andijonda yigit sevgan qiziga intim suratlari bilan “shantaj” qildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida yigit ishqiy munosabatlar aks etgan foto va videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga sevgan qizidan 500 000 so‘m miqdorida pul talab qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Joriy yilning 21 yanvar kuni soat 11:30 larda Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi E.A. uning ishqiy munosabatlari aks etgan foto va videotasvirlarini tarqatmaslik evaziga 500.000 so‘m pullarni talab qilib, ushbu pullarni M.A.dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 17 yoshli qiz sevgilisidan ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik uchun 3 ming AQSH dollari talab qilgani haqida viloyat IIBga tayanib xabar qilgan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV Andijon shantaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing