Andijonda yer qimirladi
Jamiyat
−
09:10
3362Bugun, 21 dekabr kuni Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan 08:11 da sodir bo‘ldi. Epitsentr: Andijon viloyati, Marhamat tumani. Zilzila koordinatalari: 40,53 gradus shimoliy kenglik; 72,37 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 277 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkentda sezilgandi.
LiveBarchasi