Andijonda xonadon yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
29 iyun 9566 1 daqiqa
Bugun, 29 iyun kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yashash xonadonlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:30 da tumanning “Chem” MFY Chem ko‘chasida joylashgan aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida boshqarmaga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 15:37 da voqea joyiga yetib borgan va soat 15:54 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida aholi yashash xonadonining shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish binosida yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi