Andijonda o‘qishga kiritishni va’da qilgan dotsent ushlandi

Jamiyat

image

Andijondagi kafedra dotsenti o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu xaqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon davlat tibbiyot instituti kafedrasi dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib 8 000 AQSH dollari talab qilgan.

Oradan vaqt o‘tib hujjat topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing