Andijonda to‘xtab qolgan poyezd bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd harakatlana boshlaganidan ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgani haqida xabar bergan edik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2 yanvar kuni soat 16:15 da Andijon - Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan №59-yo‘lovchi poyezdi, tashqi elektr tarmog‘ida energiya bo‘lmay qolganligi bois, Asaka stansiyasi yaqinida to‘xtab qolgan.

Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida soat 17:25 da mazkur poyezd harakati yo‘lga qo‘yilgan.

“Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing