Andijonda tanishining intim videosini tarqatmaslik uchun 10 ming dollar so‘ragan erkaklar ushlandi
3-sahifa
−
12 Sentabr 2021
20288Andijonda tanishining intim videosini tarqatmaslik uchun 10 ming dollar pul talab qilgan ikki erkak ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 6 sentyabr kuni vazirlikka fuqaro B.A. ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, tanishi L. va X. 4 sentyabr kuni uni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan L.ning yashash xonadoniga olib borib, uning “Iphone 12 pro max” telefonini tortib olgan. Shundan so‘ng, ular telefonda mavjud bo‘lgan yigit bilan ayol kishi o‘rtasidagi intim videotasvirlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, 10 000 dollar so‘ragan.
Uyali telefonni qaytarib berish evaziga yangi “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefon uchun 1 150 AQSH dollari, jami 11 150 AQSH dollari berishini talab qilgan. B.A. arizasida ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, joriy yil 7 sentyabr kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar L.X. va X.I. Andijon shahar, O‘zbekiston ko‘chasidagi 48-maktab tashqi tomonida ariza muallifidan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan, 7 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “b, v,” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.X. va X.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi