Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon tumanida o‘zganing ishonchiga kirib, ma’lum miqdor evaziga yo‘lga asfaltbeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi 58 yoshli A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 53 yoshli X.U. o‘zaro til biriktirib, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirgan.

Firibgarlar yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo‘lining 4 kilometr qismiga asfaltbeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishini talab qilgan.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Nukusda 11 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon loyiha firibgarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing