Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
07 may 2020
5343Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ma’lum qilishicha, Andijon mashinasozlik institutiga maishiy va dala sharoitida sho‘r suvni chuchuklashtirish usuli uchun patent berildi.
Ushbu usul qanday ishlaydi? Sho‘r suv yopiq shisha kub ichida quyosh nurlari ostida isib boradi, bundan so‘ng suv bug‘lari shisha yuzasining tashqi yuzasida to‘planib, chuchuk suv ko‘rinishida pastdagi idishga sizib tushadi.
Usulning yangiligi shundaki, sho‘r suvga permanganat kaliy (KMnO4) moddasi qo‘shilishida bo‘lib, u suvning rangini o‘zgartirish orqali chuchuklashtirish jarayonini tezlashtiradi.
Mazkur kashfiyot boshqalaridan chuchuklashtirish usulining oson va arzonligi bilan farq qiladi.
LiveBarchasi