Andijonda sudya yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2025 8099 1 daqiqa
Andijon viloyati sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi 3 mln 800 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudya yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayolning nomidan Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga da’vo arizasi kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ayolning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 500 dollar talab qilgan.
Sudya katta yordamchisi hozirga qadar so‘ralgan pul mablag‘idan 200 dollarni olgan.
Andijon shahrida o‘tkazilan tezkor tadbirda u qolgan 3 mln 800 ming so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda sudya katta yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida prokuror 1300 dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi