Andijonda soxta “prava” tayyorlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bulung‘ur tumanida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda avtomaktab o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 AQSH dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib bergani aniqlanib, G‘.Q. tomonidan 100 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shahrixon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Vataparvar” tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat olib berish evaziga 5,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Qashqadaryoda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

soxta “prava”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar