Andijonda sifatsiz dorilar savdosining oldi olindi
3-sahifa
−
27 Oktabr 2025 1761 1 daqiqa
Andijon viloyatida 310 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, bojxona va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.A.ning boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, uning saloni va yukxonasida sifati kafolatlanmagan 7260 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. ushbu dori vositalarini fuqaro A.S.dan olgani aniqlanib, fuqaro A.S.ning “Sadoqat” MFY hududidagi xonadonidan umumiy bahosi 310,6 mln so‘mlik 34 turdagi 18 ming 786 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdoga chiqarilishining oldi olingandi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025