Andijonda salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan sex aniqlandi
3-sahifa
−
17 iyul
3582Andijon shahrida alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MCHJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi.
LiveBarchasi