Andijonda poraxo‘r bank xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Korrupsiya - mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga ta’sir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qilish funksiyasining susayishi, raqobat mexanizmlari ishlamasligi, mulk huquqining poymol qilinishiga, tovar va xizmatlar baholarining oshishiga olib kelishi, ijtimoyi sohada xalqning sotsial tabaqalanishiga, qonun ustuvorligi prinsipining obrusizlanishi, siyosiy sohada esa xalqning Hukumatga ishonchi yo‘qolishiga olib keladi.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Bo‘z tuman bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, korrupsiya bilan bog‘liq holatni fosh etdi.

AT"Xalq banki" Bo‘z tuman filiali boshqaruvchisi A.A. "M" MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxonalarni qurib bitkazgani uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasidan ajratilgan 66 million so‘mni "M" MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berishi evaziga jamiyat rahbari F.A.dan 10 million so‘m pora talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Andijon Bo'z

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing