Andijonda yolg‘iz ona farzandining ta’limi bo‘yicha shikoyat bilan chiqdi
Jamiyat
−
06 mart
11925Andijon shahrida yashovchi fuqaro voyaga yetmagan farzandining maktabga olinmayotgani yuzasidan Ombudsmanga shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda kotibiyatning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 4 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan T.M. kichik farzandini maktabga olib borganida, maktab ma’muriyati tomonidan qabul qilinmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, murojaatchi turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng, ota uyiga (boshqa tumandagi) ko‘chib kelgan. Maktab ma’muriyati esa tumanda ro‘yxatda bo‘lmagani sababli, uning farzandini maktabga qabul qilishdan bosh tortgan.
“Murojaat nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar ko‘magida murojaatchining farzandi mazkur maktabning 4-sinfiga qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 50-moddasiga muvofiq, har kim ta’lim olish huquqiga ega, davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlashi, umumiy o‘rta ta’lim majburiyligi, maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida ekanligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga telefon uloqtirib, uning boshini yorib qo‘ygani haqida Bolalar ombudsmani ma’lum qilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi