Andijonda mingga yaqin odam “svet”siz qoldi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi transformatorlardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 16 avgust kuni soat 21:49 da Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Shoxguzar” MFYda joylashgan transformatorda yong‘in chiqqan. Yong‘in transformatorning ichidagi moy yonishi oqibatida yuzaga kelgan.

Yong‘inga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:54 da yetib borib, transformator tuman elektr korxonasi xodimlari tomonidan umumiy tarmoqdan uzilganidan so‘ng, soat 21:58 da o‘rab olingan va 22:10 da o‘chirilgan.

“Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Energetika vazirligining aytishicha, transformatorning yonishi oqibatida ushbu hududdagi mingga yaqin iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan. Ular soat 23:45 da podstansiyadagi boshqa bir transformator orqali tarmoqqa to‘liq ulangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yangi qurib bitkazilayotgan choyxonada yong‘in chiqqan edi. Oqibatda choyxonaning 260 metr kvadrat maydoni yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made